16:06 / 13.11.2018
13432

AQShning Yaman mojarosidagi ishtiroki Eron bilan urushga olib kelishi mumkinligi aytildi

Foto: Khaled Abdullah / Reuters

AQShning Yamandagi urushda ishtirok etishi Eron bilan harbiy to‘qnashuvga olib kelishi mumkin. Vashington Yamanda Saudiya Arabistoni manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu mamlakatning jahon sahnasida inson huquqlari himoyachisi sifatidagi pozitsiyaga zararli, iqtisodiy jihatdan katta foyda keltirmaydi va amerikaliklarni Saudiyaning mintaqaviy raqibi - rasmiy Tehron bilan urushiga olib kelishi ehtimoli bor. Bu haqda Time yozmoqda.

AQSh prezidenti Donald Trampning «Amerika hammasidan ustun» shiori Yamandagi urush fonida «Saudiya Arabistoni hammasidan ustun»ga aylandi. Bunda AQShning ishtiroki tinch aholi orasidagi minglab qurbonlarga olib keldi, deyiladi materialda.

AQSh Yamandagi urushda ishtirok etayotgan Saudiya kuchlarini to‘rt yildan beri qo‘llab-quvvatlayapti. Xususan, amerikaliklar koalitsiya kuchlari bilan razvedka ma'lumotlarini alishmoqda, moddiy-texnik yordam ko‘rsatishmoqda, shuningdek, Saudiyaga qurol sotishmoqda. Sotilgan qurol-yarog‘ orasida lazerli nishonga olish bombasi ham bo‘lgan, u Yamanda 40 nafar bolaning halok bo‘lishiga olib kelgan maktab avtobusiga hujumda ishlatildi.

O‘tgan haftada huquq himoyachilari va Amerika kongressi a'zolari AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Yamanda faoliyat yuritayotgan Saudiya kuchlari aviatsiyasini yoqilg‘i bilan ta'minlashni to‘xtatishi haqidagi xabarni yoqlab chiqishdi. Bu qarordan keyin, Amerika ma'muriyati dunyodagi eng yomon gumanitar inqiroz deb atalayotgan Yamandagi urushda o‘z ishtirokini kamaytirishga qaratilgan chaqiriqlarga quloq tutgandek tuyuldi, deb yozmoqda Time.

Biroq, amerikalik amaldorlarning bayonotidan ko‘p o‘tmay, Saudiya hukumati aynan podshohlik rasmiylari yoqilg‘i bilan ta'minlashni to‘xtatish «haqida so‘ragani», sababi ularning qurolli kuchlari buning uchun o‘z imkoniyatlarini yetarli darajaga yetkazgani haqida aytib o‘tdi.

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Saudiya hukumatining qarorini qo‘llab-quvvatlab, ular AQSh bilan maslahatlashgani haqida ma'lum qildi. Nashrning ta'kidlashicha, bu Amerika hukumatining Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashidan darak beruvchi yana bir qaroriga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Yamandagi urushni tugatish niyatida ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top