16:00 / 13.11.2018
9687
Reklama

Farovon hayotingiz xizmatidamiz!

Foto: Qishloq qurilish bank

O‘zbekiston  Respublikasi   Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning  2018  yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida aksiyadorlik-tijorat “Qishloq  qurilish bank” tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bank filiallarida mijozlarga zamonaviy xizmatlarni  ko‘rsatish uchun qulayliklar yaratilmoqda va masofaviy xizmatlar ko‘lami oshirilmoqda. Buni bankning Samarqand mintaqaviy filiali faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

Mazkur filial binosi zamonaviy uslubda yaqinda ta'mirdan chiqarildi. Filialda mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, filialga kirishingiz bilan “Mijozga xizmat” axborot markazi xodimlari sizga peshvoz chiqadi. Ulardan bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tariflari va turlari, xizmat ko‘rsatishdagi talablar haqida dastlabki ma'lumotlarni olish mumkin. Shuningdek, bank faoliyatiga doir asosiy ko‘rsatkichlar va ma'lumotlar  filial binosidagi  axborot stendlariga,  elektron  monitorlarga joylashtirilgan. Filial zamonaviy bank texnologiyalari - bankomatlar, infokiosklar bilan jihozlangan.

Foto: Qishloq qurilish bank

Bankomatlar orqali fuqarolar so‘m plastik  kartalaridagi  mablag‘larni  naqdlashtirishi mumkin. Infokiosklar orqali to‘lovlarni plastik kartochkalardan va naqd pulda qabul qilish, plastik kartochka hisobvarag‘i harakati to‘g‘risida ma'lumot olish, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish imkoniyati  mavjud. Shuningdek, infokiosklar yordamida “Qishloq qurilish bank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish, turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni  amalga oshirish mumkin.

Fuqarolarga daromadli va jozibakor qator omonat turlari taklif qilinmoqda.  E'tiborga molik jihati, ATB “Qishloq qurilish bank” Samarqand filiali tadbirkorlik sub'yektlari va aholining biznes loyihalari faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash doirasida hududiy ishchi guruhi bilan birgalikda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarning manzilli ro‘yxati tayyorlandi. Filialga Samarqand shahar “Farhod” massivi “Shirin” va “Bunyod” mahalla fuqarolar yig‘inlari biriktirilgan. Bugungi kunda bank tomonidan xududdagi har bir oilani tadbirkor qilish hamda oilalarning kreditga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida olib borilayotgan ishlar amaliy natijalarini bermoqda.

Foto: Qishloq qurilish bank

Jumladan, “Shunqor Ahmedov” xususiy korxonasiga Payariq tumanida joylashgan kichik iqtisodiy zonasida tikuvchilik sexini tashkil etish uchun 36 oy muddatga imtiyozli shartlarda 180 mln.  so‘m pul mablag‘i ajratib berildi. Hozirda tikuvchilik uskunalarini yig‘ib olib kelish ishlari amalga oshirilmoqda. 2018 yilning noyabr oyida tikuvchilik sexi to‘liq ishga tushiriladi va ushbu loyihani amalga oshirish natijasida korxona tomonidan 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, bankning Kattaqo‘rg‘on filiali tomonidan mahallalarda  oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida 12 nafar fuqaroga 295 mln. so‘m miqdorida imtiyozli shartlarda pul mablag‘lari ajratildi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Ajratilayotgan moliyaviy sarmoyalar hisobiga hududda tadbirkorlik harakati rivojlanmoqda, aholining real daromadlarini oshirish va ularni ijtimoiy muhofazalashga doir qo‘shimcha manbalar paydo bo‘lmoqda. Shu boisdan filial xodimlari har bir oilani tadbirkor qilish yuzasidan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Kelgusida bank tomonidan aholini tadbirkor qilish maqsadlariga yo‘naltirilayotgan  kreditlar hajmi yanada ortadi.

«Qishloq qurilish bank» -  farovon hayotingiz xizmatida!

Ma'lumot uchun telefonlar:

0 (366) 210-02-47, 0 (366)  210-02-54.

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram:  https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida

Top