07:35 / 13.11.2018
3590

Mey: Brexit bo‘yicha muzokaralar tugab qoldi

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, mamlakatning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha muzokaralar «oxirgi bosqichda» turibdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya hukumati «osonini emas, balki to‘g‘ri tanlovni» amalga oshirishi zarur.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Brexit bo‘yicha «istalgan narxdagi kelishuv» yuz bermaydi.

Meyning ta'kidlashicha, Brexit’ga qaramay, Britaniya va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi qo‘shnichilik darajasida saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya va YeI Brexit’ga doir yana bir kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Top