08:59 / 13.11.2018
3303

Mey JSTni isloh qilish zarurligini bildirdi

Foto: AP Photo / Simon Dawson/Pool

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, Jahon savdo tashkilotini (JST) isloh qilish jarayonini boshlash kerak. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda JST zamonaviy dunyoning talablariga mos kelmaydi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot internet-savdo va xizmatlarning manfaatlarini ham hisobga olishi kerak.

Meyning ta'kidlashicha, Jahon savdo tashkilotining qaysi tamoyillarini takomillashtirish zarurligini diqqat bilan tahlil qilib chiqish lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey Brexit bo‘yicha muzokaralar tugab qolgani haqida xabar bergandi.

Top