21:42 / 13.11.2018
6608

Smart Toilet: Bakteriyalarga qarshi kurashuvchi va ovozli buyruqni tushunuvchi hojatxona qurilmasi ixtiro qilindi

Unitaz uchun Smart Toilet qopqog‘i bidega aylana oladi, o‘rindiqni isitadi, bakteriyalarga qarshi kurashadi, havoni tozalaydi va ovozli hamda masofaviy buyruqlarni tushunadi. GizChina nashrida ta'kidlanishicha, qurilma osongina aqlli uyning ekotizimiga integratsiyalashadi. 

O‘z faoliyatini 2010 yilda boshlagan Xiaomi kompaniyasi bugunga kelib keng assortimentdagi tovarlarni ishlab chiqarmoqda – texnikadan tortib to aqlli qurilmalar va maishiy predmetlargacha. Kuni kecha kompaniya bir ruloni 3 dollarga baholanuvchi bambuk tolali hojatxona qog‘ozini taqdim qildi.

Endi esa hojatxonada o‘tirishni yanada qulay qilish uchun ishlab chiqaruvchining noyob ixtirolariga 190 dollarli kengaytirilgan funksionalli Xiaomi Smart Toilet Cover AI Version aqlli qopqog‘ini qo‘shish mumkin. 

Xitoy kompaniyasi gadjyeti unitazni bidega aylantiruvchi tizim bilan ta'minlangan, u belgilangan parametrlarga ko‘ra unitaz ichidagi suvni isitish xususiyatiga ega. Shuningdek o‘rindiqning o‘zida ham isitish funksiyasi bor, u hojatxonadagi havoni tozalay oladi. Bundan tashqari, unitaz qopqog‘i ultrabinafsha nurlar yordamida o‘rindiqni dezinfeksiya qiladi va shu tariqa bakteriyalarni yo‘q qiladi.  

Yangi ishlanma tugmali boshqaruv paneliga ega bo‘lib, unga oddiy shrift va Brayl shriftida yozuvlar tushirilgan. Unitaz qopqog‘iga Xiao Ai intellektual ovozli yordamchisi o‘rnatilgan. Qurilmaning o‘zini aqlli uy tizimiga integratsiya qilish va nafaqat ovoz bilan, balki masofadan ham boshqarish (masalan, suv yoki o‘rindiq haroratini, havo tozalash chastotasini sozlash) mumkin. 

Mavzuga oid
Top