14:40 / 14.11.2018
9942

Kattaqo‘rg‘onda yana bir kishi is gazidan vafot etdi

11 noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Kumushqirg‘oq» mahallasida istiqomat qilgan, 1978 yili tug‘ilgan erkak is gazidan zaharlanishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. 

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi «Kun.uz»ga mazkur ma'lumotni tasdiqladi.

Aniqlanishicha, xonadondagi gaz isitish pechiga shlang orqali ulangan suyultirilgan gaz fojiaga sabab bo‘lgan. Isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlangan shaxs shifoxonada vafot etgan.

Bundan avvalroq, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Kattako‘rpa qishlog‘ida ham bir oilaning ikki a'zosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top