14:32 / 14.11.2018
8058

Namanganda yuk avtomobillari bortlariga hushyorlikka undovchi bannerlar o‘rnatilmoqda

Namangan viloyati IIB YHXBning tashabbusi bilan viloyati hududida yuk avtomobillari bortlariga hushyorlikka undovchi bannerlar o‘rnatilishi yo‘lga qo‘yildi. 

Foto: Namangan viloyati IIB YHXB

Ularda haydovchilarga “Yo‘l fazo emas”, “Hayot tezlikdan muhimroq”, “Haydovchi, piyodani ko‘rganda tezlikni kamaytir”, “Rulda telefonda gaplashma”, “Tezlikni oshirma! Hayotingni davom ettir” kabi mazmundagi eslatmalar bitilgan. 

Shuningdek, “Qamchiq” dovoniga haydovchilarni ogohlantiruvchi “Charchadingmi, to‘xtab dam ol va hayot yo‘lingda davom et!”, “Birdan tormoz bosma”, “Xavfli burilish” kabi mazmundagi  20 ga yaqin katta o‘lchamdagi bannerlar o‘rnatildi. 

Bundan ko‘zlangan maqsad viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish orqali fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdan iborat.

Shuni ta'kidlash joizki, aksariyat yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishiga harakat ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasliklari sabab bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, Namangan viloyati IIB YHXB barcha harakat ishtirokchilarini yo‘llarda harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilishga chaqiradi.  

Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB

Doniyorbek Mo‘ydinov, 
Namangan viloyati IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori, kapitan.

Top