8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

15:04 / 14.11.2018 31504

Ularning hayotdan umidi katta... Dard bilan olishayotgan hamyurtlarimiz hayotidan hikoya

«Dunyo – teatr. Unda barchamiz aktyorlarmiz». Ingliz shoiri va dramaturgi U.Shekspir olam va undagi insonlarga juda chiroyli ta'rif berib ketgan. Haqiqatan ham shunday. Faqat har birimizga o‘zimiz o‘ynay oladigan darajada obraz beriladi.

Oramizda shunday insonlar borki, Yaratgan tomonidan ularga sabrlariga yarasha dard berilgan. Ular ko‘makka muhtoj. Qiyinchilikda qolayotgan insonlarga yordam berish esa insoniylik burchidir. Bunga yarasha U, albatta, siylaydi. Siylaganda ham jannatlar bilan siylaydi.

KUN.UZ jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar oldi. Oq qon bilan og‘rigan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik.

Youtube'da ko‘rish

Mover'da ko‘rish (tas-ix)

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidan kelgan bemor – Mansurbek Sadibekovning ota-onasi bilan suhbatlashdik. Onaizori E'tibor opa boshlaridan o‘tgan voqealarni aytib berdi. 2018 yilning boshida Mansurbekda qattiq oyoq og‘rishi boshlangan. Bundan tashvishga tushgan ona farzandini tumandagi shifoxonaga olib borgan. Bu vaqt ichida bolaning ahvoli yanada og‘irlashgan. Ichki tana a'zolaridan jigar va o‘t pufagi shishib ketgan. Bemor viloyat shifoxonasiga olib borib tekshirilgan. Ular Mansurbek oq qon kasaliga chalinganini, uni Samarqand viloyati yoki Toshkent shahrida malakali shifokorlar qo‘lida davolatish zarurligini aytishgan. Shundan so‘ng Toshkent shahriga yo‘llanma olgan mushtipar ona poytaxtga shoshgan.

Mana, bir necha oydan beri oila o‘g‘lini davolatib kelmoqda. Dorilar juda qimmat. To‘plab qo‘yganlarini sarf qilib bo‘lishgan. Hozirgi kunga kelib oila mablag‘ga zor bo‘lib qolgan.

Keyingi bemor Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidan kelgan Jonibek O‘ktamov. Shu vaqtgacha oila katta musibatni boshidan o‘tkazgan. Bu haqda bemorning onasi Lutfiya Rabbimova dardga to‘lib aytib berdi:

«Turmush o‘rtog‘im bilan oilamizni boqish va yashash uchun uy-joy qurish maqsadida Rossiyaga ishlagani ketgandik. «Qora ish» bo‘lsa ham yaxshigina maosh to‘laydigan ishga joylashdik. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Biroq shu yilning 27 yanvar kuni Alloh Taolo bizning oilamizga sinov berdi. Farzandim Jonibek og‘ir kasallikka duchor bo‘ldi. Bu kun mening xotiramda eng og‘ir kun sifatida qoldi. Dushmanimga ham ravo ko‘rmayman.

Jonibekka oq qon kasalligi tashxisi qo‘yilgach bor mablag‘imizni tikib davolatishni boshladik. Dorilari juda qimmat, davolatmasak bolamizdan ajrashimiz mumkin edi. Mablag‘imiz tugagach, qurilishi tugallanmagan uyimizni ham sotishga majbur bo‘ldik. Muhimi bolamiz tuzalsa bo‘ldi. Bir necha og‘ir davolash kurslaridan keyin bor pulimiz ham tugab bitdi. Endi umidimiz Allohdan.

Aziz yurtdoshlar! Bizga yordam bering. Alloh mushkulingizni oson qilsin. Qo‘llaringizni duoga ochib farzandimga shifo tilang. Men bolamni juda ham yaxshi ko‘raman. Uning yashab ketishini istayman. Iltimos, bizdan ko‘magingizni darig‘ tutmang». - deb bo‘lib o‘tgan voqealarni tushuntirdi Lutfiya opa.

Navbatdagi bemor Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidan kelgan Farhod Komiljonovdir. Onasi Hamroxon G‘ofurova vaziyatni batafsil tushuntirishga harakat qildi. Bemor Farhodjon bundan bir necha yil avval mazkur kasallik bilan og‘rigan. Kasalligi tufayli maktabdan ham qolib ketgan. Oila ilojini qilib bir necha bosqichda bolasini davolatgan. Farhodjon tuzalib ketgan. Biroq suyganiga sinovlar berguvchi Alloh oradan besh yil o‘tib yana shu kasallikni bergan. Hozirda oila juda qiyin ahvolda.

Farhodjon sport bilan shug‘ullanmoqchi. Vaqt o‘tgach esa harbiy kasbni tanlamoqchi. Mushtipar ona bolasini barcha sog‘lom bolalardek o‘ynab-kulib yurishini istaydi. Uyda ta'lim olayotgan farzandini tengqurlari qatori maktablarda tahsil olishini xohlaydi.

Yaxshi insonlar, bemorlarga qo‘limizdan kelgan yordamimizni ayamaylik. Ularning yuraklari orzularga to‘la, hayotdan umidlari katta. Qalblari yaxshilikka limmo-lim. Ayni vaqtda, ular saxiy insonlar yordamiga mushtoq. Ularga moddiy yordam ko‘rsataylik. Qo‘ldan kelgancha ehson qilaylik, duo qilib ularning umri uzoq bo‘lishini so‘raylik. Bir-birimizga qilgan yaxshiliklarimiz oxiratda soyabon bo‘ladi. Zero, Alloh qilingan yaxshi amallarning ajrini beruvchi mehribon va rahmdil zotdir.

1) Mansurbek Sadikov (bemor)

E'tibor Rustamova (onasi)

Tel: +99890 7212407

8600 0417 0676 1161 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

 

2) Jonibek O‘ktamov (bemor)

Lutfiya Rabbimova (onasi)

Tel: +99890 9734981

8600 0417 8195 1943 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

 

3) Farxodjon Komiljonov (bemor)

Xamroxon G‘ofurova (onasi)

Tel: +99897 4476450

8600 0417 7624 8552 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

 

Zafarbek Solijonov maxsus muxbir,
Sherzod Egamberdiyev operator

Teglar

Top