09:07 / 15.11.2018
8343

Chimkentda O‘zbekistonning ikki fuqarosi is gazidan vafot etdi

Foto: freeimages.com

Fojia 13 noyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekistonning uch fuqarosi uch xonali vaqtinchalik uyda yashab, ishlab kelishgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Uyni isitish uchun elektr isitgich va panjarada g‘ishtga o‘rnatilgan 4 konforkali gaz plitasidan foydalanilgan.

Uy-joyni ko‘zdan kechirgan mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar uxlagan xonada hech qanday ventilyatsion kanallar bo‘lmagan. Is gazi xona ichida to‘plangan.

Natijada, 1976 yil va 1983 yilda tug‘ilgan ikki erkak is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. 1983 yilda tug‘ilgan uchinchi erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. 

Mavzuga oid
Top