19:10 / 15.11.2018
8270

O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to‘ldi

Bugun tadbirkorlar, fermerlar ishbilarmonlar, xususiy va intellektual mulk egalari manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy maydonga chiqqan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganiga 15 yil to‘ldi.

O‘zLiDeP 2003 yilda bir guruh tadbirkor va fermerlar tashabbusi bilan tuzilgan. Partiyamiz 2004, 2009, 2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan.

2016 yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod – Shavkat Mirziyoyev katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Ayni paytda O‘zLiDeP a'zolari soni yarim milliondan ko‘proqni tashkil etadi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

Top