12:27 / 15.11.2018
11153

Samarqandda is gazi sababli yana bir kishi vafot etdi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 11 noyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tuman IIBga tushgan xabarga ko‘ra, Qumchuq mahallasida yashovchi M.A. (ayol) uyida isitish pechiga 50 litr hajmdagi gaz balonida bo‘lgan suyultirilgan gazni shlang orqali ulab, ishlatishlari sabab isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan M.A., birga yashagan o‘g‘li Q.A. va kelini Z.A. zaharlanganlar.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada Q.A. voqea joyida vafot etgan, uning onasi va turmush o‘rtog‘i kasalxonaga yotqizilgan. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kattaqo‘rg‘onda is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning ikki a'zosi vafot etgani xabar qilingandi.

Top