16:44 / 16.11.2018
25844

AQSh Turkiya va Saudiya Arabistonini yarashtirib qo‘yish yo‘lini topdi

Foto: Charles Mostoller / Reuters file

Oq uy Turkiyaning Saudiya Arabistoniga bosimini yumshatish maqsadida muxolifatchi Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilish yo‘llarini izlamoqda. Bu haqda NBC News AQSh davlat organlaridagi manbalarga asosan xabar berdi.

Prezident Donald Tramp ma'muriyati FQB va Adliya vazirligiga Gulenni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi ishni qayta ochish haqida talab qo‘ydi, shuningdek, mamlakat Ichki xavfsizlik vazirligidan uning mamlakatda bo‘lishi maqomi haqida ma'lumot so‘radi.

Idoralar vakillari hukumat so‘rovini bajarishdan bosh tortishdi. «Avvaliga biz hayron qoldik, lekin ular jiddiy niyatda ekanini ko‘rgach, darg‘azab bo‘ldik», - deya xizmatchilardan birining so‘zlarini keltiradi nashr.

NBC News manbalari fikricha, muxolifatchi Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni Saudiya hukumatiga nisbatan biroz yumshoqroq munosabatda bo‘lish maqsadida ushbu davlatga topshirmoqchi. Turkiya prezidentining saudiyaliklar bilan munosabati Istanbulda ushbu davlat maxsus xizmatlari tomonidan jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganidan so‘ng keskin yomonlashdi.

Gulen AQShning Pensilvaniya shtatida 1990-yillar oxiridan beri yashaydi. U FETO muxolif tashkilotiga rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Qoshiqchi ishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma'lum qilgandi.

Top