10:45 / 16.11.2018
19246

Barcha Android qurilmalar foydalanuvchilari kuzatuv qurboniga aylangan bo‘lishlari mumkin

Foto: Justin Sullivan / Getty Images

Nightwatch Cybersecurity kompaniyasi mutaxassislari Android qurilmalardagi xavfli kamchilik haqida xabar berishdi. Tashkilot veb-saytidagi xabarga ko‘ra, xakerlar uni ishlatgan holda foydalanuvchilarning harakatini kuzatishi mumkin bo‘lgan.

Xakerlar Wi-Fi marshrutizatori orqali kamchilikdan foydalanishlari mumkin. Signal yetib boruvchi barcha qurilmalar ko‘rish zonasiga kiradi.

CVE-2018-9581 deb nomlangan kamchilik RSSI tizimida aniqlangan. U qabul qilinuvchi signal darajasini aniqlaydi. Bundan tashqari, RSSI ushbu ma'lumotni boshqa dasturlarga yuboradi.

Kamchilik tufayli boshqa ilovalar qabul qilinuvchi signal to‘g‘risida barcha ma'lumotni olishi va foydalanuvchi marshrutizatorga nisbatan qayerda joylashganligini aniqlashi mumkin.

Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bu kamchilik Android operatsion tizimining barcha versiyalarida mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bankomatlardan pul o‘g‘irlaydigan juda kuchli vosita fosh etilgandi.

Top