12:11 / 16.11.2018
23748

Bosh prokuratura Samarqanddagi test savollar kitobi bo‘yicha holatga oydinlik kiritdi

Bosh prokuratura Samarqanddagi test savollari kitobi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma'lumot berdi.

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Samarqand sport o‘yini turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va sport maktabida 2018-2019 o‘quv yili uchun Samarqand davlat tibbiyot institutiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2018 yil 1 avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashgan abituriyent Sh.N.ga ishlash uchun berilgan va Davlat test markazida qat'iy hisobda bo‘lgan test savollar kitobining 5-varag‘i fotosurati noma'lum shaxs tomonidan internet orqali tarqatilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga ko‘ra 2018 yil 13 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu qarorning qonuniyligi Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilib, bir qator qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish kerakligi bois, bekor qilinib, qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazilishini tashkillashtirish uchun Samarqand shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Bildirilishicha, endi qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkaziladi

Top