8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

19:44 / 16.11.2018 9278

Xayriya: Xurshida opa yaxshilar yordamidan yana umidvor

Joriy yil fevral oyi boshida KUN.UZ sayti tomonidan koksartrozdan aziyat chekayotgan Xurshida Rahmatovaning shifo topishiga ko‘maklashish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazilgan edi. U o‘ng tomonlama 4-darajali koksartroz dardiga chalinib, endoprotezga muhtoj edi. Shundan so‘ng, saxovatli insonlar ko‘magida to‘plangan mablag‘ bilan zaruriy muolajalar qilingan, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan hamda Xayriya natijasi: koksartrozdan aziyat chekayotgan Xurshida opaga endoprotez qo‘yildi maqolasi e'lon qilingandi.

Mover'da ko‘rish (tas-ix)

Youtube'da ko‘rish

Xayriya natijasini chiqarganimizga ham mana salkam yarim yildan oshibdi. Ta'kidlash o‘rinliki, tibbiy mutaxassislar bemorga endoprotez qo‘yilganidan keyin, unga vaqti-vaqti bilan kerakli muolajalar qilib turilishi zarurligini aytishgan edi. Shu sababli ayni vaqtda Xurshida opa Toshkent Tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi, ortopediya va travmatologiya bo‘limida davolanmoqda. 

Aziz o‘quvchilarimiz, bu safar yana sizga Xurshida opa uchun murojaat qilishimizning asl sababi, Xurshida opa oilasining tom ma'noda yordam muhtojligidir. Uning turmush o‘rtog‘i Erkin aka ham glaukomaga chalinib, 1-guruh nogironi, ko‘zi ojizdir. 1 xonali kvartirada kollej yoshidagi qizi bilan birga istiqomat qilishadi. 

Azizlar, og‘ir dardga chalingan hamyurtimizning darddan forig‘ bo‘lishida, endoprotez qo‘yilib, oyoqqa turishida birimiz duomiz bilan, birimiz moddiy mablag‘ bilan ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shdik. Endilikda, bu ayol yana siz-u bizdan ko‘mak kutmoqda. Keling, azizlar, ozni oz bilmay, qo‘ldan kelguncha, imkon boricha Xurshida opa xayr-ehson, saxovat qo‘llarimizni cho‘zaylik. Siz azizlarning ko‘magida bir insonning ko‘ngli yana shod bo‘lsin, Alloh barcha yordam berganlarni, duolarida eslaganlarni ikki dunyoda shod qilsin. 

Xurshida opa +998903551282

PAYME, CLICK, AGROBANK O‘rtachirchiq tumani filiali

8600 0423 1628 6615 (Mamatova Umida – Xurshida opaning qizi)

MFO: 00475

INN: 200587443  

Naqd pul topshirganda: 23116000400000475001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 23118000200000475001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000475001

Tolib Rahmatov tayyorladi

Teglar

Top