09:07 / 16.11.2018
17040

O‘zbekiston va Ukraina hamkorlikning bahsli masalalarini muhokama qildi

Foto: image.ua

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev va Ukraina bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Stepan Kubiv o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro savdo bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv chog‘ida Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
 
Stepan Kubiv Ukraina kompaniyalaridan alohida muammolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushganini bildirib, bu O‘zbekiston bozoriga kirish bilan bog‘liq ekanini aytdi.
 
Tomonlar ikki tomonlama savdoni rivojlantirish va sun'iy to‘siqlarni olib tashlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida doimiy ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazish muhimligini tasdiqladilar.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini normallashtirish bo‘yicha operativ qadamlar belgilandi.
 
«Biz tashqi savdo sohasi bo‘yicha barcha yuzaga kelgan masalalar amaliy maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal etilishi haqida kelishib oldik. Davlatlar o‘rtasida turli savdo bahslari yuz berishi tabiiy holat, ular o‘zaro tushunish va manfaatlarni hisobga olgan holda hal qilinishi kerak. Bundan tashqari, ikki tomonlama munosabatlarimizda doimo turli masalalarni hal qilish bo‘yicha konstruktiv yondashuv bo‘lgan», - dedi O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainadan dorilar importini to‘xtatgani xabar berilgandi.

Top