09:30 / 17.11.2018
14656

AQSh vs Xitoy. Pens savdo urushi qanday shartda to‘xtatilishini aytdi

Foto: Fazry Ismail/Pool via REUTERS

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar savdo sohasida Xitoyga qarshi cheklov choralaridan voz kechishni rejalashtirayotgani yo‘q. Qayd etilishicha, bu Pekin o‘z savdo siyosatini o‘zgartirmagunga qadar davom etadi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

U Papua-Yangi Gvineya poytaxti Port-Morsbida bo‘lib o‘tayotgan APEC sammiti davomida chiqish qilib, shunday bayonot berdi.

«Xitoy o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagunga qadar, AQSh o‘z siyosatini o‘zgartirmaydi», - dedi Pens.

Uning ma'lum qilishicha, Vashington Xitoy bilan savdo munosabatlarida disbalansni yo‘qotish uchun qat'iy choralar ko‘rdi.

«Biz Xitoy tovarlariga 250 milliard dollarlik hajmdagi bojlarni belgiladik hamda bu ko‘rsatkichni yana qariyb ikki barobarga oshirishimiz mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Penc.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi nimalarga olib kelishi mumkinligini aytgandi.

Top