14:39 / 17.11.2018
9619

Yevroparlament Amazon’ni sovetlar ramzlari bo‘lgan buyumlardan voz kechishga chaqirdi

Foto: Walmart

Yevropa parlamentining YeI qator davlatlaridan bo‘lgan a'zolari Amazon rahbari Jyeff Bezosga murojaat bilan chiqib, uni saytda sovetlar ramzlari bo‘lgan buyumlarni sotishdan voz kechishga chaqirishdi. Bu haqda Delfi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bunday maktubni yuborish tashabbusi bilan Litva parlamentariysi Antanas Guoga chiqqan.

Murojaat matnida aytilishicha, Yevropa parlamenti vakillari «sovetlar va natsistlar rejimi» ramzlaridan foydalanishni qoralaydilar. Ularning bildirishicha, rejimlar «inson huquqlarini muntazam ravishda buzgan, erkinlik va demokratiyani cheklagan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov yangi qurollanish poygasi boshlangani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top