14:04 / 17.11.2018
51428

Qozog‘istonning dzyudo bo‘yicha chempioni o‘ldirildi. U ko‘mir uchun navbatda turgan

Foto: instagram/@judo_kazakhvines

Qozog‘istonning Semey shahrida dzyudo bo‘yicha respublika chempioni Jasulan Abiyev o‘ldirildi. Bu haqda Eurosport.ru xabar bermoqda.

12 noyabr kuni Jasulan Semey shahridagi (Sharqiy Qozog‘iston viloyati) Karajir ko‘mir koniga borgan. Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, dzyudochi navbatda turgan erkaklardan biri bilan mushtlashib ketgan - raqibi Abiyevning boshiga juda qaltis zarba bergan, natijada dzyudochi vafot etdi. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, qotil Qozog‘iston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha 12 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Abiyev - dzyudo bo‘yicha Qozog‘iston chempioni va turli musobaqalarning ko‘p karra sovrindori, uning vazn toifasi 60 kilogrammgacha bo‘lgan.

Dzyudochi 2010 yilda sport faoliyatini yakunlagan va biznes bilan shug‘ullanishni boshlagan. U 33 yoshda edi.

Mavzuga oid
Top