17:40 / 17.11.2018
5706

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi boshlandi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Toshkentda o‘smir qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi boshlandi. Unda 14 mamlakatdan 53 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Bugun O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga qarashli «Universal» sport saroyida turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir kuy-qo‘shiqlar va yosh qilichbozlar ishtirokidagi ko‘rgazmali chiqishlar bilan boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangragach, musobaqa rasman ochiq deb e'lon qilindi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Ochilish marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va mamlakat sporti rahbariyatining boshqa vakillari ishtirok etdi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Mazkur jahon kubogi qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Yakkalik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi 32, jamoaviy bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan terma jamoa esa 64 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi.

Bugun yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi. Ertaga esa jamoaviy bellashuvlar tashkil qilinadi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Top