10:20 / 17.11.2018
5085

O‘zbekiston MDH intellektual mulk bozori to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

Foto: Tigran Megrabyan

Prezident qarori bilan 2018 yil 1 iyun kuni Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan Bitim tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, ushbu bitim Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan.

Mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun Intellektual mulk agentligi mas'ul markaziy organ etib belgilandi.

Top