11:36 / 17.11.2018
4969

O‘zbekistonda tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza muddati qisqartirildi

Foto: Pixabay

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda vazirlik telegram-kanali

Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi yetkazilgan eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarga kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar alohida belgilandi. 

Shuningdek, tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza hamda ushbu ekspertiza natijasida dalolatnoma tuzish muddati qisqartirildi.

Top