09:36 / 19.11.2018
7349

Aleksandr Zverev ATP’ning yakunlovchi musobaqasi finalida Jokovichni mag‘lub etdi

Foto: Julian Finney/Getty Images

Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev ATP’ning yakunlovchi musobaqasi finalida dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichni mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Londonda o‘tgan musobaqaning final bahsi 1 soat 21 dadqiqa davom etib, 6:4, 6:3 hisobida yakunlangan.

E'tiborlisi, ikkala tennischi musobaqaning guruh bosqichida uchrashishgandi va o‘shanda g‘alabani serbiyalik nishonlagandi.

Foto: Associated Press

Zverevning ushbu g‘alabasi ATP’ning yakunlovchi musobaqasida Germaniya vakillari uchun 1995 yildan keyin birinchisi bo‘ldi. Oxirgi marta bunga 23 yil avval afsonaviy Boris Bekker erishgan.

ATP reytingida 5-o‘rinni egallayotgan, sobiq ittifoq tennischisi Aleksandr Zverevning o‘g‘li ATR’ning yakunlovchi musobaqasida ikkinchi marta ishtirok etdi. U 2017 yilda guruhdan chiqa olmagandi. Tennischi “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalarning chorakfinalidan u yog‘iga o‘ta olmagan. Tennischi o‘zining ilk sovrinini 2016 yilda Sankt-Peterburgdagi musobaqada qo‘lga kiritgan. Zverev, shuningdek, Vashington, Madrid va Myunxendagi musobaqalarda g‘oliblikni nishonlagan.  

Mavzuga oid
Top