17:38 / 19.11.2018
10296

Bosh prokuratura: farzandini 1,5 mln so‘mga sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va tuman IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati

Qayd etilishicha, unda fuqaro Ch.T. o‘zining 2018 yil 13 oktabrda tug‘ilgan farzandi R.B.ni 1,5 mln. so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Ch.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgdagi shifoxonadan chaqaloqni o‘g‘irlab ketgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid
Top