09:26 / 19.11.2018
6866

Tsukerberg Facebook xodimlarini «urush sharoiti» haqida ogohlantirdi

Foto: Bloomberg

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg kompaniya top-menejyerlarini «urush sharoitida» ishlash kerakligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tsukerbergning fikricha, Facebook sarmoyadorlar va qonun chiqaruvchilar tomonidan kuchli bosim ostida qolgan.

Ta'kidlanishicha, kompaniya rahbari Facebook top-menejyerlariga ijtimoiy tarmoqdagi xavfsizlik muammolari bo‘yicha tezroq qaror qabul qilish talabini qo‘ygan.

Shu bilan birga, Tsukerberg ta'kidlashicha, kompaniyaning tanqidga munosabatidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tsukerberg Apple rahbari bilan urishib qolgani, Facebook xodimlariga ayfonlardan foydalanish taqiqlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top