16:16 / 19.11.2018
12155

Fuqarolarni juda katta miqdordagi pulga aldab ketgan firibgar aniqlandi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 13 noyabr kuni Buxoro shahrida yashovchi fuqaro N.X. IIB ga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2014 yil oktabr oyidan 2018 yil oktabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro R.S. o‘zining tovuq fermasidagi tovuqlarni boqish va ushbu tovuqlarni sotib foydadan unga ham berib turishini aytib, undan 21 500 AQSh dollari hamda umumiy qiymati 76 million so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini olib ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida R.S. ushlanib, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida u o‘tgan vaqt oralig‘ida yana bir nechta fuqarolardan umumiy 30 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib ketganligi ham aniqlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top