8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

17:59 / 19.11.2018 6342

Xayriya: Hamidulloh yurak porogidan aziyat chekmoqda – unga yordam beraylik!

Yaxshilik, xayr-saxovat. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish. Oramizda insoniylikning ushbu oliy fazilatlarini hayotining bosh mezoni, shioriga aylantirib olganlar juda ko‘p. Ular kimdir aytsa-aytmasa, dalolat qilsa-qilmasa, bu shiorga umrining oxirigacha amal qiladi. Shu bilan birga, “kimki bir yaxshi ishga sababchi bo‘lsa, o‘shani qilgan kabidir” mazmunidagi hadisi-sharifdan ko‘pchiligimizning xabarimiz bor. 

KUN.UZ tahririyati ayni shu hadisga amal qilgan holda, xayrli ishlarda, yordamga muhtoj bo‘lib qolgan bemorlarga ehson qilishda sherik bo‘lish yo‘lida qator xayriya aksiyalarini tashkil etmoqda. Yaqinda shunday hamyurtlarimizdan biri, Farg‘ona Besharig‘ining Robqonidan kelgan vatandoshimiz nabirasi yurak porogidan aziyat chekayotgani, uni davolatishda moddiy yordamga muhtoj bo‘lib qolganligini aytib, tahririyatga keldi. 

Tas-IX

YouTube

Buvisining so‘zlariga ko‘ra, Hamidulloh tug‘ma yurak porogi bilan dunyoga kelgan. Shu yilning fevral oyidan buyon ikkinchi nevarasini davolatish bilan ovora. Qolaversa, oilaning yolg‘iz o‘g‘li, Hamidullohning otasi ham YTH oqibatida og‘ir davolash kurslarini boshdan kechirgan. Jarrohlik amaliyotlarini o‘tagan. 

Shu boisdan ham yurak porogidan aziyat chekayotgan Hamidullohni davolatishda oilaning qo‘li kaltalik qilmoqda. “Bugungi kunda Hamidullohda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgan, unga Qoraqamishdagi shifoxonada tibbiy muolaja ko‘rsatilmoqda”, - deyishdi yaqinlari.  

Saxovatpesha aziz yurtdoshlar! Shu oilaning, ko‘z yoshi to‘kib turgan onaxonning tashvishi arishida, yana bir jajji vatandoshimiz shifo topishida, murg‘ak qalbi orom olishida o‘zimizning katta-kichik hissamizni qo‘shaylik. Siz bir hamyurtingizning tashvishini ketishida yordam bersangiz, Alloh sizning tashvishingiz ketishida yordam bersin! Ehson ishiga barchamiz jam bo‘lib, bosh qo‘shaylik!

+99890 947 78 80 – Boboyev Mag‘rubjon (otasi)

PAYME, CLICK, AGROBANK Toshkent shahar filiali

Plastik kartochka raqami: 8600 0412 7646 2307 – Boboyev Mag‘rubjon (otasi)

MFO: 00394

INN:  201 200 124      

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Tolib Rahmatov tayyorladi

Teglar

Top