08:30 / 19.11.2018
18197

OAV: G‘arb Rossiya bazalari Kubaga qaytishi mumkinligidan tashvishda

Foto: Getty Images

G‘arb davlatlari Rossiya Kubada harbiy bazalar ochishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Bu haqda Daily Star xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Kubada harbiy bazalar ochilishi AQShga O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqqani uchun Rossiyaning «javobi» bo‘lishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, Kuba rahbari Dias-Kanel Bermudesning Moskvaga tashrifi shunday fikr paydo bo‘lishiga olib keldi.

Shu bilan birga, mutaxassislar fikricha, Rossiya Lurdesdagi radioelektron markazni Qo‘shma Shtatlarni kuzatib borish maqsadida qayta ochishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenkoning vakili Putin Ukrainada beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top