13:03 / 19.11.2018
6108
OAV: Tramp saudiyalik jurnalist ishi bo‘yicha shov-shuvdan norozi
Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp fikricha, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi xalqaro hamjamiyatda juda katta shov-shuv keltirib chiqardi va bu biroz tushunarsiz. Bu haqda Axios manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning o‘zi Qoshiqchi ishi bo‘yicha «katta shov-shuv» keltirib chiqarmoqchi bo‘lmagan.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti o‘z maslahatchilaridan Qoshiqchi amerikalik bo‘lmasa, nega Vashington uning o‘ldirilishiga oid pozitsiyani egallashi lozimligi haqida so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRB Qoshiqchini o‘ldirishga kim buyurtma berganini aniqlagandi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top