8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

16:56 / 19.11.2018 9749

Tramp nega jurnalistning o‘ldirilishiga kutilmagan munosabatda bo‘layotgani aytildi

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon saudiyalik muxolif jurnalistning o‘ldirilishi uchun mas'ulligi haqida dalillar paydo bo‘lganidan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya shahzodasi jinoyatga aloqador ekanini rad etishda davom etyapti, deb yozadi The New York Times.

Bundan oldin, Tramp Saudiya yetakchilarida Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha «tarixdagi eng yomon bahona» borligini tan olganiga qaramay, o‘tgan hafta oxirida u Saudiya Arabistonini «haqiqiy ajoyib ittifoqchi», deb maqtadi, deya yozadi NYT. Gazetaning ta'kidlashicha, bu MRB valiahd shahzoda, Saudiya podshohligining deyarli yetakchisi Muhammad bir Salmon saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishga buyruq bergani haqidagi xulosaga kelganidan keyin yuz berdi.

Trampning ma'lum qilishicha, qandaydir jazo choralarini qo‘llashdan avval, o‘z ma'muriyatidan ushbu hodisa bo‘yicha hisobotni kutadi. Shuningdek, u hisobot e'lon qilinishidan avval uning jiddiyligini pasaytirmoqda, deya ta'kidlaydi gazeta.

Shuningdek, Amerika yetakchisi Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan eng muhim dalil - MRBga turk hukumati topshirgan audioyozuvlarga katta qiziqish bildirmadi.

Bularning bari AQSh prezidentiga Tramp ma'muriyatining Yaqin Sharqdagi strategiyasi - Erondan Isroil-Falastin tinch jarayoniga qadar asosiga aylangan, shuningdek, hattoki ko‘pchilik erishilgan kelishuvlar o‘zini oqlamagan bo‘lsa-da, Amerika qurolining eng badavlat xaridori bo‘lmish valiahd shahzoda naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi, deb yozadi gazeta.

Bundan tashqari, bu vaziyat Tramp o‘z ittifoqchisiga qanchalik qat'iy tayanishga ahd qilganidan aniq dalolat beradi. U o‘z razvedkasi bilan mojaro yuz berishi ehtimoliga qaramay, ishonchiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dalillarni hisobga olishni istamayapti, deb yozadi NYT. Trampning bunday pozitsiyasi tobora yakkalanib borayotgan Amerika yangi tashqi siyosatini o‘zida aks ettiradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp saudiyalik jurnalist ishi bo‘yicha shov-shuvdan norozi ekani aytilgandi.

Top