10:35 / 19.11.2018
2528
JAR prezidentiga saylovoldi kampaniyasi uchun berilgan xayriya mablag‘larini qaytarish talabi qo‘yildi
Foto: BBC News

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezidenti Siril Ramafosa korrupsiya bilan bog‘liq gumonlar sababli saylovoldi kampaniyasi uchun taqdim etilgan xayriya pullarini qaytarib beradi. Bu haqda BBC News xabar qilmoqda.

Davlat rahbari Bosasa kompaniyasi tomonidan o‘tkazib berilgan 35 ming dollarni qaytarib berishga qaror qildi. Ma'lum bo‘lishicha, firma alohida shartlar asosida davlat shartnomalarini olgan va hozir tergov qilinmoqda.

Ramafosaning o‘zi dastlab, Bosasa o‘g‘li Andilga maslahatlar o‘tkazgani uchun pul to‘laganligini aytdi. Keyinchalik, u pul o‘tkazmalarini xayriya, dedi.

Shuningdek, yetakchining ta'kidlashicha, avvaliga olgan pullari haqida bilmagan. Uning aniqlik kiritishicha, birinchi marta Bosasa bilan aloqalarga oid savollarga javob berganida, u kompaniya pullarni xayriya tariqasida o‘tkazib berganligini bilmagani haqida aytdi. Bunday bayonot prezident va uning poraxo‘rlikka qarshi kampaniyasiga zarar yetkazdi, sababi prezidentlikka nomzodning xususiy firma tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi korrupsiya deb baholanadi.

«Demokratik ittifoq» muxolif partiyasi vakili Mmyuzi Meymanning so‘zlariga ko‘ra, Bosasa’dan taqdim etilgan «xayriya» pullari shubhali ko‘rinmoqda va hukmron «Afrika milliy kongressi» partiyasining boshqa korruptsion sxemalariga o‘xshash.

Mavzuga oid
Top