10:42 / 20.11.2018
32271

AQSh yana bir davlatni terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritmoqchi

Foto: REUTERS / Carlos Garcia Rawlins

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Venesuelani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida e'lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Washington Post Oq uydagi amaldorlar va rasmiy yozishmalarga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, ro‘yxatda «xalqaro terrorizm aktlariga bir necha marta qo‘llab-quvvatlov taqdim etishda» ayblanayotgan davlatlar bor. Hozir unga Shimoliy Koreya, Eron, Sudan va Suriya kiritilgan.

Nashrning qayd etishicha, AQSh Respublikachilar partiyasi uzoq vaqtdan beri Venesuelani xalqaro terrorizm bilan aloqalarda ayblab keladi. Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, Venesuelaning terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi «mish-mishlar va shubhali manbalarga asoslangan bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgandi.

Mavzuga oid
Top