20:40 / 20.11.2018
64783
Yana bir prokuror hokim bo‘ldi

20 noyabr kuni Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlangan.

Endilikda shu vaqtgacha Qashqadaryo viloyati prokurori o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Yangaboy Aminovich Bobojonov To‘rtko‘l tumanining yangi hokimiga aylangan.

Yangaboy Bobojonov muqaddam Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

U 2017 yilning dekabr oyidan buyon To‘rtko‘lga rahbarlik qilgan Ne'matulla Xudoyberganov o‘rnini egallagan. 19 yil davomida Qoraqalpog‘istonning boshqa bir tumani - Ellikqal'aga rahbar bo‘lgan (1997-2017 y) Xudoyberganovning ishdan olinishi sabablari va uning keyingi faoliyati haqida ham hozircha ma'lumot yo‘q.

Bundan avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi, asli prokuror Ulug‘bek Qosimov viloyat prokurori lavozimiga o‘tkazilgach, uning o‘rnini prokuratura tizimidan chiqqan Baxtiyor Ibatov egallagandi.

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ham bu lavozimigacha Qashqadaryo va Toshkent viloyatida prokuror bo‘lib ishlagan

Mavzuga oid
Top