11:45 / 20.11.2018
23550

OAV: Trampda yangi raqib paydo bo‘ldi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampda yangi siyosiy raqib paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda The Hill.

Usama bin Lodinni yo‘q qilish bo‘yicha «Neptun nayzasi» amaliyotiga rahbarlik qilgan iste'fodagi admiral Uilyam Makreyven Tramp tomonidan tanqid ostiga olinmoqda. Makreyvenning yakshanba kuni ma'lum qilishicha, Trampning matbuotga hujumlari uning hayotidagi «demokratiyaga eng katta tahdidga» aylandi.

O‘z navbatida, Amerika prezidenti harbiylarning siyosiy qarashlarini tanqid qilib, Qo‘shma Shtatlar bin Lodinni ancha avvalroq qo‘lga olishi mumkin bo‘lganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Afg‘onistonga tashrif buyurishga va'da bergandi.

Mavzuga oid
Top