8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

18:36 / 20.11.2018 20403

Onaizor: “Farzandimni faqat birgina tomiri ignani ko‘tarmoqda”. 1,5 yoshli Elbekka zudlik bilan ko‘mak zarur

Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor, deyishadi. Xonadonimiz to‘ridagi bu jajji, beg‘ubor qalb egalari oilamizga ta'riflab bo‘lmaydigan shukuh baxsh etadi. Shunday murg‘ak go‘daklardan biri Elbek dard bilan kurashmoqda.

Mover'da ko‘rish (tas-ix)

Youtube'da ko‘rish

Elbekning holatidan xabar topganimizdan so‘ng, poytaxtimizdagi Markaz shoh ko‘chasi tomon yo‘lga tushdik. Ijodiy guruh bilan bemor bolaning xonadoniga borganimizda bizni Elbekning onasi Feruza Kabulova kutib oldi.

“Farzandim 8 oylikda tug‘ilgan. Vaqt o‘tishi bilan hech o‘smadi. Hamma joyini tekshirtirdim. May oyidan boshlab harorati ko‘tarila boshladi. Iyul oyigacha shu holatda yashadi. Shifokorlar tekshirishib uyga ham javob berib yuborishdi. Farzandingizni yashashidan umid yo‘q, gemodializ (buyrakning vazifasini bajaradigan apparat)ni o‘g‘lingiz ko‘tara olmaydi, deyishdi. Boshqa shifoxonalarda esa imkoni bor, deyishdi. Buning uchun maxsus kateter kerak ekan. Bu o‘lchamli kateterni yurtimizdan topa olmadik. Shu sabab tanasini teshib boshqacharoq o‘lchamdagisini qo‘yishdi. Qozog‘istondan olib kelyapmiz. Narxi qimmatligi mayli, bir marta olib keltirganimizda yaroqsiz chiqib qoldi. Bazo‘r ulgurib qoldik. Doim qo‘rqib turamiz. Avval buni oyog‘iga qo‘yishgan edi. Hozir bo‘ynida turibdi. Agar farzandimga bu jihozni qo‘ymasak, komaga tushib qoladi”, – deydi chorasizlikdan boshi qotgan onaizor.

Hozircha oila har xafta kichik kateter olib keltirib amallamoqda. Hindistonda  Elbekning qorniga maxsus kateter qo‘yiladi va natijaga qarab buyragi masalasi hal etiladi. Shu sabab bemor uchun katta miqdorda mablag‘ zarur.

Feruza opa bilan suhbatlashayotgan vaqtimizda Elbek biron daqiqa bo‘lsin yig‘idan to‘xtamadi. 1 yil-u 8 oydan beri shu alfozda, onaning hayotida halovat yo‘q. Farzandining umri birgina bog‘ichga bog‘liq bo‘lib turibdi. Vaqt esa o‘tib bormoqda.

Shu yurtda yashayotgan har bir go‘dakni o‘z farzandidek asrab, qadrini baland qiluvchi vatandoshlar ushbu oilaga madad beraylik! Ayni vaqtda ko‘z oldimizda taqdirning og‘ir kunlarini boshidan o‘tkazayotgan bu insonlar mushkuli oson bo‘lsin.  Savobli amallar ortidan quvishda bardavom bo‘laylik.

Allaberganov Dilshod (otasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 2944 0975 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

23120000900000394001

Onasi Feruza Kabulovaning telefon raqami: (90) 928-96-10

Bahodir Ahmedov tayyorladi

Teglar

Top