18:33 / 20.11.2018
30432
TIV Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarga eslatma bilan chiqdi.

Rossiya Federatsiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha federal xizmati O‘zbekiston tomoniga rasman tasdiqlashicha, O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini olib kelishga cheklov o‘rnatilgan.

TIV xabariga ko‘ra, tegishli xatda quyidagicha qayd etilgan: «O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida Rossiya Federatsiyasi uchun karantin ostidagi mahsulotlarda karantin obektlari muntazam tarzda aniqlanayotgani munosabati bilan, Konventsiyaning VII moddasi 1a bandiga tayangan holda 2012 yil 16 apreldan e'tiboran «Rosselxoznadzor» tomonidan O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga olib kelishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgan».

Top