01:19 / 21.11.2018
10450
Samsung 2019 yilda 6 kamerali Galaxy S10 smartfonini taqdim qilishi kutilmoqda

Samsung Electronics kompaniyasi 2019 yilda 4 ta ko‘rinishdagi, jumladan 6 ta kamerali va kattalashtirilgan ekranli Galaxy S10 smartfonini taqdim qilmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.  

Nashr manbalariga ko‘ra, kompaniya Galaxy smartfonlari paydo bo‘lganining 10 yilligiga “iste'molchilarni o‘tgan yillardagidan ham ko‘proq hayratlantirmoqchi”. Ta'kidlanishicha, Galaxy S10’ning fevralda chiqadigan 3 ta ko‘rinishi 5,8 dyuymdan 6,4 dyuymgacha diagonalli ekranga, Beyond X deb ataluvchi 4-ko‘rinishi esa 6,7 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. 

Ta'kidlanishicha, Beyond X umumiy hisobda 6 ta kameraga ega bo‘ladi: ikkita old panelda, to‘rtta orqa panelda. Bundan tashqari, bu turdagi smartfon 5G avlodidagi uyali aloqa tarmoqlariga kirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Maqolada aytilishicha, Beyond X 2019 yil fevralda Janubiy Koreya va AQShda namoyish qilinishi mumkin, biroq qachon sotuvga chiqishi ma'lum qilinmagan.  

Galaxy S10’ning qolgan 3 ta turi 5 tagacha kameraga ega bo‘ladi. Ular orqali simsiz usulda boshqa mobil qurilmalarni quvvatlash mumkin bo‘lishi kutilmoqda.

Top