17:48 / 21.11.2018
15364

O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining asosiy xaridoriga aylandi

Foto: Getty Images

2018 yilning 8 oyi mobaynida Qozog‘iston 3871,4 ming tonna bug‘doy va meslin eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60,4%ga ko‘p. Eksport hajmi pullik ko‘rsatkichda 600,2 million dollarni tashkil etdi (yilga +57,1%). Bundan EnergyProm ma'lumotlari darak bermoqda.

O‘zbekiston Qozog‘iston g‘allasi importi hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda - 174,3 million dollar, yillik o‘sish 54,8 foiz. Keyingi o‘rinlardan Tojikiston (93,8 million dollar, yiliga -0,4 foiz) va Xitoy (67,9 million dollar, yiliga (+74,9 foiz) joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qozog‘iston unining asosiy xaridorlaridan biriga aylangani xabar qilingandi.

O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallab turibdi - segmentda Qozog‘iston unining umumiy eksportidan 32,5%, 464,56 ming tonna. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25,2%ga ko‘p. 

Mavzuga oid
Top