18:08 / 22.11.2018
15103

Namanganda aka ukasining qotiliga aylandi

Shu yilning 20 noyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan D.T.ning tashqi ko‘rinishdan jarohatsiz jasadi uyidan topilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u boshining ichki qismiga yetkazilgan jarohatdan vafot etganligi aniqlangan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida shu yilning 15 noyabr kuni marhum D.T.ning akasi U.T. uyida o‘zaro janjal tufayli uni yuzi va boshiga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top