8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

12:40 / 23.11.2018 10608

Xayriya natijasi: Orzulari osmon qiz Regina yaxshilar ko‘magida Hindistonga uchib ketdi

Joriy yilning 16 noyabr kuni KUN.UZ saytida Ona nidosi: «Qizimning yuragi to‘satdan to‘xtab qolishidan qo‘rqib yashayapman» sarlavhali xayriya aksiyasi e'lon qilingan edi.

Ushbu xayriya aksiyasida Yangiyo‘l tumani, A. Ortiqov xo‘jaligi, Nov mahallasi, Oybek ko‘chasi, 156-uyda yashab kelayotgan 2011 yilda tug‘ilgan Regina Abduvohidova haqida so‘z boradi. Jajjigina qizaloq Reginaga shifokorlar tomonidan yurak kengayishining og‘ir shakli, tez avj olish varianti, dilyatatsion kadiomiopatiya tashxisi qo‘yilgan edi. Orzulari osmon Regina zudlik bilan Hindistonda muolaja qilinib, uning yuragiga implant qo‘yilishi kerak edi. Bu operatsiya qimmatligi tufayli uning oilasi saxovatpesha yurtdoshlarimizga yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Nihoyat, yaxshi insonlarning yordam bilan Regina bugun Hindiston safariga uchib ketmoqda. Ularga oq yo‘l tilash maqsadida ijodiy guruhimiz bilan aeroport tomon shoshdik. Regina va oilasi bilan suhbatlashdik.

Youtube'da ko‘rish

Mover'da ko‘rish

Nima niyatda ketayotgan bo‘lsa, Alloh niyatlariga yetkazsin!

Shu o‘rinda KUN.UZ tahririyati ham xayriya aksiyasida nafaqat moddiy yordam bergan, balki duoda yod etgan barcha yurtdoshlarimizga ham o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi. Qilgan xayrli va savob ishlaringiz oxiratda nur bo‘lib yo‘lingizni yoritsin! Savob ish qilishdan charchamang, aziz, saxovatpesha yurtdoshlar!

Top