08:09 / 23.11.2018
9601

Shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekiston 26ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati o‘zbekistonlik qatnashchilarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Chempionat 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 va 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etildi. Toshkentdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasi 16-22 noyabr kunlari ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qildi.
 
O‘zbekistonlik shaxmatchilar standart, rapid va blits yo‘nalishlarida jami 91ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Ulardan 26tasi oltin medallarga aylandi.
 
Bundan tashqari, asosiy yo‘nalish (standart)da 28ta medal qo‘lga kiritildi, O‘zbekiston shaxmatchilari jamoaviy hisobda federatsiyalar o‘rtasida tengsiz deb topildilar.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionatining birinchi kunida 10ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Top