08:43 / 23.11.2018
18545

Sirli kikbokschi. Makgregorga 5 mln dollarlik taklif kelib tushgan

Foto: REUTERS

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorga nomi oshkor etilmagan xitoylik kikbokschi bilan jang taklif etildi.

Irlandiyalikning murabbiy Jon Kavana so‘zlariga ko‘ra, Makgregorga xitoylikka qarshi jang uchun 5 mln dollar va'da qilishmoqda.

«Bir necha kun ilgari menga xabar keldi, unda xitoylik kikbokschining promouteri Konorga qarshi uch raundlik jang uchun 5 mln dollar taklif qildi. Menga bunday xabarlar juda ko‘p kelib tushadi, ammo ularga e'tibor bermayman. Lekin bu taklif yaxshi edi. Men bu promouterni yaxshi taniyman, u juda mashhur», - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi BJ Penn.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi Habib Makgregor bilan yana jang o‘tkazishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top