09:30 / 24.11.2018
19335
Payme GO kontaktsiz to‘lovlari korzinka.uz va Redtag do‘konlarida ishga tushdi
Foto: Korzinka.uz

Korzinka.uz va Redtag do‘konlarida Payme GO kontaktsiz to‘lovlari ishga tushdi. Shuningdek bir oy davomida pulli yutuqlar aksiyasi o‘tkaziladi. 

Kontaktsiz to‘lovlar haqida ko‘pchiligimiz eshitganmiz, ammo amalda uni ishlatib ko‘rganlar oramizda kam. Payme hamda korzinka.uz hamkorlikda korzinka.uz va Redtag do‘konlarida kontaktsiz to‘lovlar qabul qilishni yo‘lga qo‘yishdi. Rasman xizmat 23 noyabr kuni ishga tushganligi e'lon qilindi va Payme GO orqali to‘lovni amalga oshirgan har bir abonent Payme tomonidan o‘tkaziladigan aksiya doirasida pul yutuqlari o‘yini ishtirokchisiga aylanishi ma'lum qilindi.

Foto: Korzinka.uz

Savollarga Payme kompaniyasining asoschisi Sarvar Ro‘zmatov javob beradi:

- Kontaktsiz to‘lovlar xizmatimizni Payme GO deb nomladik. Biz bu xizmatni 2017 yilda bir nechta alohida savdo maskanlarida ishga tushirib ko‘rgandik. Endi esa uni eng yirik savdo do‘konlar tizimida ishga tushishi nafaqat bizning kompaniyamiz uchun, balki mamlakatimizdagi kontaktsiz to‘lovlar sohasida ham katta qadam hisoblanadi. Biz korzinka.uz hamda Redtag mijozlarini yaqindan o‘rganib chiqdik va aynan ular ushbu yo‘nalishning rivojlanishida asosiy turtki bo‘lishlariga umid qilamiz.

Payme GO qanday ishlaydi?

- Kontaktsiz to‘lovni amalga oshirish uchun mobil telefonga Payme ilovasini yuklab olish kerak. Ilovani ochgandan so‘ng menyu bo‘limida Payme GO xizmatini tanlash lozim. Shunda telefon ekranida QR kod paydo bo‘ladi. Ushbu QR kodni kassadagi skanerga yaqinlashtirganda to‘lov summasi avtomatik tarzda kartadan yechiladi. Barcha cheklar to‘lovlar tarixida saqlanadi. Aytgandek, xizmat internetsiz ham ishlayveradi.

Foto: Korzinka.uz

Bu qanchalik xavfsiz?

- Xizmat butunlay xavfsiz hisoblanadi. Har 30 soniyada yangi QR kod hosil qilinib, bu ekranni rasmga olib ushbu kodni qayta ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek xizmat xalqaro PCI DSS sertifikatiga ega.

Foto: Korzinka.uz

Savollarga korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov javob beradi:

- Kontaktsiz to‘lovlarning tatbiq etilishi xaridorlarimizga yanada ko‘proq qulaylik yaratadi deb o‘ylayman. Xaridor, yonida plastik kartasi bo‘lmagan taqdirda ham, o‘z smartfoni orqali to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek ushbu xizmat juda tez ishlashiga, karta yoki naqd pul orqali to‘lagandan ancha tezroq ekanligiga amin bo‘ldik. Bu esa kassalarda navbat tezroq siljishiga yordam beradi.

Hozircha xizmat faqat poytaxt Toshkent hamda Olmaliq shaharlarida tatbiq etildi. Tez orada boshqa viloyatlardagi do‘konlarimizda ham kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirmoqchimiz, chunki to‘lov tizimlaridan butun respublikamizda faol foydalanilayotganini ko‘rmoqdamiz.

Bunda bonus kartalari ham ishlaydimi?

- Ha bonus tizimi avvalgidek ishlayveradi.

Aktsiya haqida

Foto: Korzinka.uz

Xizmatning ishga tushishi munosabati bilan Payme foydalanuvchilar orasida pul yutuqlari o‘yinini o‘tkazishga qaror qildi.

27.11.2018 dan 31.12.2018 gacha korzinka.uz yoki REDTAG do‘konlarida qilgan 20 000 co‘mdan oshiq xaridlaringizga Payme GO orqali to‘lovlarni amalga oshirganingizda pul yutuqlariga ega bo‘lishingiz mumkin. G‘oliblar har kuni aniqlanib borilib, 100 000 so‘mdan 300 000 so‘mgacha miqdorda turli yutuqlar g‘oliblarning bank kartalariga tushirib beriladi.

Pul yutuqlari o‘yini ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

1 – Payme ilovasini yuklab olish: https://payme.uz/getapp

2 – Payme GO mavjud bo‘lgan korzinka.uz yoki REDTAG do‘konlarida Payme GO orqali to‘lovni amalga oshirish.

Aktsiya haqida batafsil ma'lumot: https://payme.uz/promo/go/uz

Tun-u kun ishlovchi Payme qo‘ng‘iroqlar markazi: +998712000205

Telegram kanalga obuna bo‘lish: https://t.me/payme_uz

Reklama huquqi asosida

 

Top