16:21 / 24.11.2018
33479

Pekin - Toshkent reysidagi samolyotda o‘zbekistonlik ayol beshinchi farzandini dunyoga keltirdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Pekin - Toshkent yo‘nalishida havoga ko‘tarilgan CZ6027 reysi samolyoti parvoz vaqtida chaqaloq dunyoga kelgani sababli Pekin shahriga qaytib qo‘ndi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda xabarlar tarqaldi.

Kun.uz’ga Toshkent xalqaro aeroportidagi manbalarning xabar berishicha, ushbu hodisa sababli samolyot Toshkentga kech yetib kelgan - 24 noyabrga o‘tar tunda, soat 01:00larda.

Shuningdek, Kun.uz’ga xabar berishlaricha, tug‘uruqni akusher-ginekolog tibbiyot fanlari doktori, professor Gulsara Yeshimbetova va tibbiyot fanlari doktori Rahmatilla Niyozmetov qabul qilgan. Ularning har ikkisi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ishlaydilar. Ma'lum bo‘lishicha, ular Xitoyga malaka oshirish maqsadida borishgan.

Xabarlarga ko‘ra, onaning ham, homiladorlik yettinchi oyida samolyotda tug‘ilgan chaqaloqning ham ahvoli yaxshilanmoqda. Ular Pekindagi Hemujia kasalxonasiga joylashtirilgan.

Mavzuga oid
Top