13:16 / 24.11.2018
4721

The Guardian: Mey parlament sukunatini unvonlar evaziga sotib olishga uringan

Foto: AFP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni Britaniya mukofotlar tizimini devalvatsiya qilishda ayblab chiqishdi. Bu u parlament a'zosi Jon Xeysga ritsarlik unvoni bergani tufayli sodir bo‘ldi, deb yozmoqda The Guardian.

«Odamlar bu unvonga qarab, u jamoatlar palatasida Brexit bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan ovoz berish jarayoniga qanday pozitsiyada bo‘lishiga hayratga tushishadi», - dedi Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi Nikola Sterjyenning vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazirning bunday harakatlari nafaqat Buyuk Britaniyadagi mukofotlar tizimini devalvatsiya qiladi, balki «butun Vestminster tizimi qanday buzilganini» ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Gibraltar mashmashasi tufayli Brexit bo‘yicha kelishuvni bloklashi mumkin ekani xabar qilingandi.

Top