18:35 / 25.11.2018
13006

Xitoyda saratonga chalingan o‘quvchini qolganlardan alohida o‘tqazgan o‘qituvchi ishdan haydaldi

Foto: Strait News

Xitoyda saratonga uchragan 13 yoshli o‘quvchini tahqirlagan o‘qituvchi ishidan chetlatildi. Shifokorlar Chjou Syaochjou ismli ushbu o‘quvchida noxojkik limfoma (limfa tizimi saratoni) tashxisini qo‘yishgan. O‘qituvchi esa bolaning kasalligi yuqumli degan qarorga kelib, uni qolganlardan yakkalab sinfning eng oxiriga o‘tqazib qo‘ygan.

Bola kimyoterapiyadan keyin tiklanish vaqtida ota-onasiga yaqinroq bo‘lish uchun yangi maktabga o‘tkazilgan. O‘quvchining otasi bir marta o‘g‘li nima uchun oraliq imtihondan baho olmaganiga qiziqib ko‘rganda, undan ushbu ranjituvchi voqeani eshitgan.

Bolaning otasiga aytishicha, o‘qituvchisi uning kasalligini yuqumli deb hisoblab, imtihondan o‘tishiga ruxsat bermagan. Shu sababli bola uchta imtihonni o‘tkazib yuborgan.

“Siz 45 daqiqa davom etgan imtihon vaqtida o‘g‘limning boshida nimalar kechganini tasavvur qila olasizmi? Farzandim u yerda ahmoq kabi o‘tirishga majbur bo‘lgan. Unga qanchalik yomon bo‘lgan”, deb aytgan ota.

Otaning aytishicha, farzandi oilasining tashvishlanishini istamay, maktabda kasalligi haqida aytmaslikni afzal ko‘rgan. Bolaning og‘ir dardga chalingani haqida o‘tgan yil ma'lum bo‘lgan, biroq kimyoterapiya evaziga saratonni yengishga muvaffaq bo‘lingan va hozirda bola soppa-sog‘. O‘qituvchiga nisbatan esa tergov olib borilmoqda. 

Top