10:10 / 25.11.2018
13398

Hindistonda avtohalokat oqibatida 30 kishi kanalda cho‘kib ketdi

Foto: Times of India

Hindistonning Karnataka shtatida avtobusning kanalga tushib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 24 noyabrda NDTV telekanali xabar berdi.   

Voqea Bangalor shahridan 105 km uzoqlikda yuz bergan. Avtobus yo‘l chetidagi kanalga tushib ketib, eshik tomoni bilan suv tubiga sho‘ng‘igan. Shu sababli aksariyat yo‘lovchilar avtobusdan chiqib keta olishmagan. 4 kishigina omon qolgan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Halok bo‘lganlar orasida 5 bola ham bo‘lgan.

 

Top