01:41 / 26.11.2018
3355

Lyuis Hemilton “Formula-1”ning oxirgi bosqichida ham g‘alabaga erishdi

Britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton “Formula-1”ning joriy mavsumdagi oxirgi bosqichi – Abu-Dabi Gran-prisida ham g‘alabaga erishdi. Muddatdan avval chempionlikni kafolatlab qo‘ygan Hemilton uchun bu poyga uncha ahamiyatsiz bo‘lsa-da, u marraga birinchi bo‘lib kelgan.

“Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel marraga ikkinchi, “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen uchinchi bo‘lib kelgan. 

Mavsum yakunlariga ko‘ra, Hemilton 408 ochko bilan faoliyatidagi 5-chempionlikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Fettel (320 ochko), 3-o‘rinni uning jamoadoshi Kimi Raykkonen (251) egalladi.

Konstruktorlar kubogida “Mercedes” jamoasi g‘olib bo‘lgan. 

Poyganing keyingi – yubiley 70-mavsumi 2019 yil 17 martda Avstraliya Gran-Prisi bilan ochiladi. 

Mavzuga oid
Top