08:12 / 26.11.2018
5183
Polsha do‘konlaridagi bananlar ichida 170 kg kokain topildi
Foto: Fotolia / Radoslaw Maciejewski

Polshadagi do‘konlarda Ekvadordan keltirilgan bananlar qutilaridan 170 kilogramm kokain topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, giyohvand modda bo‘lgan paketlar bananlar solinadigan qutilardan topilgan.

Politsiya surishtiruv ishlarini boshladi va mamlakatdagi boshqa do‘konlarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyada bananlar ichida 6 tonna kokain moddasi aniqlangandi.

Top