11:00 / 27.11.2018
16350

Pan Gi Mun Qoraqalpog‘istonga keldi

26 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Birlashgan Millatlar Tashkiloti sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi delegatsiyani qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.

Foto: Kruz

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari A.Hamroyev mehmonlarni respublikaga tashrifi bilan samimiy qutlab, o‘lkaning jo‘g‘rofiy joylashuvi, aholisi, ma'muriy boshqaruv tuzilmasi, tabiiy boyliklari, shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, mustaqillik yillarida ko‘plab rivojlangan davlatlar qatorida Janubiy Koreya bilan ham har tomonlama aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini va bu aloqalar bugungi kun yangi bosqichga ko‘tarilganini ta'kidlab o‘tdi.

Foto: Kruz

O‘z navbatida, Pan Gi Mun ushbu hududning ekologik sharoitini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga o‘z hissasini qo‘shishini aytdi va samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qildi. 

Bugun, 27 noyabr kuni, Nukus shahrida «Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash masalasi va bu jarayonda koreys diasporasining roli» mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi. 

Foto: Kruz
Top